Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Moskva tumanida joylashgan avtobus bekatida o`zbekistonlik yigit pichoqlangan holda topildi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 2 yanvar kuni polisiyaga 23 yosh atrofidagi yigitning avtobus bekatida qonga belanib yotgani haqida xabar kelgan. Voqea joyiga etib borgan tez yordam xizmati jabrlanuvchini Tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga olib borgan.
Shifokorlar o`zbekistonlik yigitning ko`krak qafasi va qorin sohasi kesilganini ma`lum qilgan. Yigitning shaxsiy buyumlari ichidan 31 yoshli Nikolay ismli shaxsning pasporti topilgan. U muhojirga hujum qilganlikda gumonlanib, hibsga olingan.






