AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi.

Suhbatda davlat rahbarlari Qozog`istondagi vaziyatning rivojlanishi, respublikadagi holatni barqarorlashtirish, tez fursatda tinchlik va osoyishtalikni qayta tiklash borasida ko`rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.

O`zbekiston etakchisi Qozog`istonning birodar xalqi va rahbariyatini ularning mamlakat barqarorligi va farovonligini ta`minlash yo`lidagi sa`y-harakatlarida doimo qo`llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

    Boshqa yangiliklar