AsosiyJamiyat

Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo`lish imkoni yaratildi

'Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo`lish imkoni yaratildi'ning rasmi

Bu haqda “Soliq xizmati xabarlari” Telegram kanalida xabar berildi. 

2022 yil 1 yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko`rsatish ob`ektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodi orqali qo`shimcha mablag`ga ega bo`lishi mumkin.

Unda mobil ilovani  skanerlash orqali ro`yxatdan o`tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 % keshbekka ega bo`ladi.

Avtomobil sotib olganlik, temir yo`l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to`lovlar amalga oshirilganda olingan xarid cheklari uchun keshbek qaytarilmaydi.

    Boshqa yangiliklar