Tokio tibbiyot fanlari instituti olimlari doimiy immunitet beruvchi vaksina ustida ishlashmoqda. Vaksina asosi sifatida mutaxassislar XVIII asrda ishlab chiqilgan, virusning zararsiz variantini o`z ichiga olgan chechakka qarshi vaksinani olishdi.
Olimlar koronavirusning biriktiruvchi oqsilini o`z ichiga olgan chechak vaksinasining rekombinant virusini yaratishga umid qilmoqdalar. Bunday yondashuv COVID-19'ga qarshi doimiy immunitetni shakllantirishga yordam beradi.
Sichqonlar ustida tajriba o`tkazib ko`rildi. Ularga parranda grippi genini o`z ichiga olgan rekombinant chechak vaksinasi virusi yuborildi. Natijalar jonivorlarda 20 oydan ortiq vaqt davomida saqlanib qolgan yuqori darajadagi antitanachalar paydo bo`lganligini ko`rsatdi.
Vaksina mualliflari bunday vaksinalarning yuqori samaradorligi, nojo`ya ta`sirlarining kamligi va ularni tashish va saqlash maxsus shartlarni talab etmasligini ta`kidlab o`tishdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, klinik sinovlarni Yaponiyaning Nobelpharma dori ishlab chiqarish kompaniyasi 2023 yilda o`tkazadi.






