AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi: Qurilishga oid talablar soddalashtirilmoqda  

'Adliya vazirligi: Qurilishga oid talablar soddalashtirilmoqda   'ning rasmi

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori loyihasi  Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligi Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:

  •  shaharsozlik normalari va qoidalarini birlashtirish yo`li bilan tizimlashtirish, bugungi kunda o`z ahamiyatini yo`qotgan hujjatlarni bekor qilish;
  • qurilish ob`ektining yakuniy holatiga bo`lgan talablarni belgilab beruvchi qurilishni normalashning parametrik usulini qo`llash;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga shaharsozlik faoliyati sohasida xorijiy normativ hujjatlarini belgilangan shartlar asosida qo`llashga ruxsat berish;
  •  qurilish sohasida narxlarni shakllantirishda asos bo`luvchi smeta qoidalarini smeta normativlari shaklida tasdiqlash va ochiqlikni ta`minlash;
  •   qurilish sohasidagi o`zini o`zi boshqaruvchi notijorat tashkilotlarga a`zo bo`lish tartibini joriy etish orqali arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibini bekor qilish;
  •   qurilish sohasidagi yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) bo`yicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish tartibini bekor qilish;
  • xususiy sektordagi yuridik shaxslarga qurilish-montaj ishlarida qurilish nazoratini amalga oshirish huquqini berish;
  •  texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni O`zbekiston Respublikasi qonunchilik ma`lumotlari milliy bazasiga tizimli ravishda joylashtirilishini ta`minlash;
  • sun`iy yo`ldosh va boshqa uchuvchisiz uchish apparatlari orqali erni masofadan zondlash va yo`ldoshli aloqa kosmik apparatlarini qo`llash orqali qurilishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi monitoring qilish tartibini takomillashtirish;
  • innovasion jarayonlarini, yangi turdagi materiallar va mahsulotlarni sinovdan o`tkazishga mo`ljallangan “Trial pool” – sinov maydonini tashkil etish.

    Boshqa yangiliklar