Olmaota aeroportida o`tkazilgan antiterror harakatlar chog`ida 2 nafar harbiy vafot etdi. Bu haqda Zakon.kz'ga tayanib RIA Novosti yozmoqda.
"Olma-Ota aeroportida o`tkazilgan aksilterror operasiyasi chog`ida Qozog`iston Respublikasi Qurolli kuchlarining ikki nafar harbiy xizmatchisi halok bo`ldi", — deyiladi xabarda.
Shahar rahbari o`rinbosari Erjan Babakumarovning so`zlariga ko`ra, Olmaotada aksilterror operasiyasi davom etmoqda.
Qayd etilishicha, aeroport normal ish rejimiga o`tkazilmoqda.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, Qozog`istonning turli viloyatlarida tartibsizliklarni bostirishda sakkiz nafar polisiyachi va Milliy gvardiya askari halok bo`lgan. 317 xavfsizlik xodimi yaralangan.






