AsosiyDunyo

OAV: KXShT Qozog`istonga tinchlikparvar kuchlarini yuboradi

'OAV: KXShT Qozog`istonga tinchlikparvar kuchlarini yuboradi'ning rasmi

Qozog`istonda norozilik namoyishlari hamon davom etmoqda. Vaziyat jiddiy tus olmoqda. Shu munosabat bilan kecha, tunda  Qozog`iston Respublikasi Prezidenti To`qaev raisligida Xavfsizlik kengashining ilk yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda mamlakatdagi vaziyat tahlil qilindi. 

Shundan so`ng, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritishini e`lon qildi.

Bu haqda KXShTning 2022 yilda raisi bo`lgan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook'dagi sahifasida ma`lum qildi.

"Qozog`iston Prezidentining murojaati munosabati bilan va Qozog`iston Respublikasining milliy xavfsizligi va suverenitetiga, jumladan, tashqi aralashuv tufayli yuzaga kelgan tahdidni hisobga olib, KXShT kengashiga, kollektiv xavfsizlik shartnomasining 4-moddasiga muvofiq, ushbu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish maqsadida mamlakatga tinchlikparvar kuchlarini cheklangan muddatga yuborishga qaror qilindi”, — deb yozadi Pashinyan.

    Boshqa yangiliklar