AsosiyJamiyat

1 yanvardan 35 ta etakchi davlat OTMlari moliyaviy mustaqil bo`ldi

'1 yanvardan 35 ta etakchi davlat OTMlari moliyaviy mustaqil bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining Qarori bilan, 2022 yil 1 yanvardan boshlab 35 ta etakchi davlat oliy ta`lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berildi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabariga ko`ra, moliyaviy mustaqil OTMlar:

➖ ta`lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymatini belgilash;

➖ talabalarning to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

➖ o`z mablag`lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish huquqiga ega.

Tibbiyot oliy ta`lim muassasalariga esa ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta`mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o`zlarining budjetdan tashqari mablag`lari hisobidan zarur mablag`lar sarflashga ruxsat berildi.

    Boshqa yangiliklar