2022 yil 1 yanvardan boshlab, bir qator xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan. Bu haqda DXA xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo`limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi.
Bunda, O`zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to`lov miqdori BHMning 1 baravari tashkil etadi. (Ma`lumot uchun: ushbu to`lov miqdori avval BHMning 1,2 baravari bo`lgan)
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati joriy etilgan Davlat xizmatlari markazlari RO`YXATI.
2022 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha Davlat xizmatlari markazlarida ushbu imkoniyatni yaratish rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, Davlat xizmatlari markazlarida xizmatlar eksterritoriallik tamoyili asosida (ro`yxatda turgan joyingizdan qat`iy nazar) taqdim etiladi.






