Bugun, 5 yanvar kuni Respublikamizning barcha tuman (shahar)larida umumta`lim maktablarining 5-6, 7-8, 9-11-cinf o`quvchilari o`rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining tuman (shahar) bosqichlariga start berildi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi o`quvchi-yoshlarni muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishga jalb qilish, sog`lom turmush tarzini shakllantirish, o`quvchilarning ta`til vaqtida bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur musobaqalar sportning badminton, basketbol, voleybol, gandbol, stol tennis, shahmat, shashka, kurash, sport gimnastika, badiiy gimnastika sport turlari bo`yicha bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz ushbu musobaqalarda profesional darajada sport bilan shug`ullanib, O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi bo`lgan, bolalar va o`smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari va internatlari, futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari bo`lgan sportchilar ishtirok etmaydilar.






