Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo`qon shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. va A.I.lar qalbaki valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, fuqaro J.ga qalbaki 4 700 AQSh dollarini 2 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






