Kunlarning keskin sovushi oqibatida xonalarni, uylarni, korxona va tashkilotlarni isitishga bo`lgan ehtiyoj ortadi. Shu munosabat bilan
Samarqand viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi.
"Sizlardan xonadoningizni isitish maqsadida qo`l bola usulda tayyorlangan hamda davlat standartlariga javob bermaydigan isitish uskunalaridan foydalanmasligingizni so`raymiz.
Xonadoningizdagi isitish pechlarining dudbo`ronlarini ko`rikdan o`tkazing va muntazam ravishda tozalab turing, xonada gaz hidini sezsangiz, elektr jihoz yoki chiroqlardan foydalanmang, xonani tezda shamollating va mutaxassislarni chaqiring.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan tavsiyalarni o`z vaqtida bajarsangiz o`zingiz va yaqinlaringizni sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yong`in, is gazi hamda gaz havo aralashmasi chaqnashi bilan bog`liq noxush holatlarni oldini olgan bo`lasiz",– deyiladi xabarda.






