Fransiya prezidenti Makron aprel oyida bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni istayotganini ochiq aytdi, biroq o`zini nomzod sifatida rasman e`lon qilmadi. Bu haqda Parisien' gazetasiga tayanib RIA NOVOSTI yozmoqda.
"Hech qanday yolg`on kutish yo`q. Men saylovda ishtirok etishni istayman. Yaqin kunlarda bu masalani ba`zi sharoitlarga nisbatan aynan o`zim aniqlab beraman. Bu qaror mustahkamlangan. Men qancha uzoqqa borishim mumkinligiga ishonch hosil qilishim kerak”, - dedi Makron.
Eslatib o`tamiz, Fransiyada prezidentlik saylovlari shu yilning aprel oyida bo`lib o`tadi.






