AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2021 yilda 20 davlatga mebel mahsulotlarini eksport qilgan – DSQ

'O`zbekiston 2021 yilda 20 davlatga mebel mahsulotlarini eksport qilgan  – DSQ'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 11 oyida O`zbekiston 20 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,7 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.  

Bu ko`rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 695 ming AQSh dollariga ko`p.

O`zbekiston 2021 yilning 11 oyida eng ko`p mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

Qozog`iston – 1,8 mln.

Qirg`iz R. – 865 ming

Tojikiston – 492 ming

Rossiya – 347 ming

Hindiston – 55 ming

Ozarbayjon – 42,3 ming

Turkiya – 14 ming

Xitoy – 13 ming

Ukraina – 11 ming

Fransiya – 2,5 ming

Afg`oniston – 1,6 ming

Moldova – 1,5 ming

AQSh – 0,6 ming

Germaniya – 0,3 ming AQSh dollari

Boshqa yangiliklar