AsosiyJamiyat

Pop tumanida "Lacetti" yonib ketdi

'Pop tumanida "Lacetti" yonib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Pop tumanida "Lacetti" rusumli avtomobilda yong`in yuzaga kelganligi bo`yicha ma`lumot berildi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yil 4 yanvar kuni soat 19:30 larda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o`tgan A-373 avtomobil yo`lining 284-kilometrida, 1996 yilda tug`ilgan haydovchi boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong`in yuzaga kelgan. Haydovchi avtomobilni zudlik bilan to`xtatgan.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong`in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Avtomobilga zarar etgan.

Ushbu hodisa yuzasidan tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar