2021 yil 23 dekabr kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat bilan IIBga murojaat qilgan.
Ma`lum bo`lishicha, shu kuni soat 04:30 larda, Namangan shahridagi istiroxat bog`ida bijuteriya taqinchoqlari sotish aravachasidan noma`lum shaxs umumiy narxi 4.000.000 so`mlik bijuteriya taqinchoqlarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan fuqaro va Norin tumanida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan ayol sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 dekabr` kuni O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






