Osiyo Chempionlar ligasi – 2021 g`olibi “Al-Hilol” o`z tarkibini “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang bilan to`ldirmoqchi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, saudiyaliklar 32 yoshli gabonlik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Shuningdek, unga juda yuqori maosh ham berishni rejalashtirgan.
Biroq futbolchining maqsadi Evropada qolish va hamda Ispaniya yoki Italiya chempionatlaridan tushadigan takliflarni ko`rib chiqmoqchi.






