AsosiyJamiyat

“Afrosiyob” poezdlarining harakat jadvaliga o`zgartirish kiritilmoqda. Sababi...

'“Afrosiyob” poezdlarining harakat jadvaliga o`zgartirish kiritilmoqda. Sababi...'ning rasmi

Yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik hamda ichki turizmni rivojlantirishda qo`shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ 2022 yil 9 yanvardan boshlab, har haftaning yakshanba kunlari “Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo`nalishida “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining qatnovini yo`lga qo`yadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, harakat jadvaliga ko`ra 767- sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi yakshanba kunlari soat 10:50 da “Samarqand – Toshkent” yo`nalishida, 768-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa shu kuni soat 13:40 da “Toshkent – Samarqand” yo`nalishida qatnovini amalga oshiradi.

"Shu bois, amaldagi “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining harakat jadvaliga o`zgartirish kiritiladi",-deya alohida ta`kidlanadi xabarda.

Unga ko`ra, bugungi kunda soat 08.30 da “Toshkent – Samarqand” yo`nalishida harkatini amalga oshirayotgan 764-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi 2022 yil 9 yanvardan boshlab, soat 07:00 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Har kuni soat 17:06 da “Samarqand – Toshkent” yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 763-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa, ushbu sanadan boshlab soat 16:40 da Samarqand temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Bugungi kunda soat 09:02 da “Toshkent – Buxoro” yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi 2022 yil 9 yanvardan boshlab, soat 08:30 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan harakatini boshlaydi.

Hozirgi kunda soat 15:02 da Buxoro – Toshkent yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa ushbu sanadan boshlab, soat 15:27 da Buxoro temir yo`l vokzalidan harakatlanadi.

Shuningdek, soat 15:50 da “Buxoro – Toshkent” yo`nalishida harakatini boshlaydigan 761-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi mazkur sanadan boshlab, soat 15:52 da Buxoro temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Bugungi kunda soat 04:55 da “Buxoro – Toshkent” yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 765-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa, 9 yanvardan boshlab, soat 04:31 da Buxoro temir yo`l vokzalidan harakatini boshlaydi.

Eslatib o`tamiz, amaldagi boshqa “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari o`z harakat jadvali bo`yicha harakatlanadi.

    Boshqa yangiliklar