AsosiyJamiyat

Bugun Toshkent-Urganch-Toshkent yo`nalishidagi aviareyslari bekor qilindi

'Bugun Toshkent-Urganch-Toshkent yo`nalishidagi aviareyslari bekor qilindi'ning rasmi

«Uzbekistan Airways» AJ xabar berishicha, meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi (tuman, ko`rishning etarli darajada emasligi) munosabati bilan faqatgina 2022-yilning 2-yanvar kuni Toshkent - Urganch - Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY-051/052 va HY-057/058 reyslari bekor qilindi.  

Bekor qilingan aviaqatnov yo`lovchilari 2022 yilning 3-yanvar kuni amalga oshiriluvchi quyidagi reyslarda manzillariga etkaziladilar:  

* HY-051/052 TAS-UGC-TAS (qulaylik yaratish maqsadida havo kemasi Boeing 767-300 modeliga o`zgartirildi)

* qo`shimcha reys HY-053/054 TAS-UGC-TAS

Aviaqatnovlar jadvali:

Toshkentdan

HY-051  - uchish 10:00, Urganchga qo`nish 11:30

HY-053  - uchish 10:30, Urganchga qo`nish 12:00

 Urganchdan

HY-052  - uchish 12:30, Toshkentga qo`nish 13:50

HY-054  - uchish 13:00, Toshkentga qo`nish 14:20

 

    Boshqa yangiliklar