AsosiyJinoyat

Namanganda mast fuqaro restoranda sherigini pichoqladi

'Namanganda mast fuqaro restoranda sherigini pichoqladi'ning rasmi

2021 yil 24 oktyabr` kuni soat 02:45 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan fuqaro Davlatobod tumanida joylashgan restoranda spirtli ichimlikdan mast holatda tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan fuqaro bilan o`zaro janjallashib, pichoq bilan o`ng ko`krak qismiga bir marotaba urgan.

Natijada 1990 yilda tug`ilgan fuqaro o`ng ko`krak sohasida sanchilgan tan jarohati olib, RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod TIIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 oktyabr` kuni O`z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar