AsosiyJamiyat

Namanganda sodir bo`lgan YTHda "Nexia" yo`lovchisi vafot etdi

'Namanganda sodir bo`lgan YTHda "Nexia" yo`lovchisi vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 2 dekabr` kuni soat 18:30 larda, Porloq MFY Qo`qumboyshoh ko`chasida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1969 yilda tug`ilgan fuqaro o`zi ishlovchi MChJga tegishli Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Uychi tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan to`qnashgan.

Natijada, Neksiya rusumli avtomashinada bo`lgan yo`lovchi, Uychi tumanida yashagan, 1974 yilda tug`ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, o`ng peshona suyagi botiq sinishi, o`ng oyoq son suyagini sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 dekabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar