"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang sardorlik bog`ichidan mahrum etildi. Bu haqda Klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, gabonlik 32 yoshli hujumchi klub ichki tartib-intizom qoidalarini buzgani sababli sardorlik bog`ichidan mahrum etilgan. Shuningdek, u Premer-liga 17-turidan o`rin olgan "Vest Hem"ga qarshi o`yinni ham o`tkazib yuboradi.
Avvalroq, hulqi tufayli Obameyang "Sauthempton"ga qarshi o`yinni (3:0) ham o`tkazib yuborgan edi.






