Joriy yilning 22 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi. Bu haqda uning matbuot xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida tashkil etilgan uchrashuvda dastlab, O`zbekistonda inson huquqlarini ta`minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, Ombudsman instituti faoliyati, uning qonunchilik ba`zasi va vakolatlari haqida insonlarga ma`lumot berilgan.
Muloqot davomida 50 nafardan ortiq o`zbeklar Turkiya Parlamentining bosh Ombudsmani bilan o`zaro hamkorlik memorandumi imzolangani va uning doirasida Turkiyada yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari murojaatlarini ko`rib chiqish va ularni qiynagan masalalarni bartaraf etish choralarini ko`rish belgilab olingani haqida xabardor qilingan.
Ta`kidlanishicha, o`tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar Ombudsman va O`zbekistonning Turkiyadagi elchisiga ta`lim, sog`liqni saqlash, moddiy yordam, fuqarolikni rasmiylashtirish, til o`ranish kurslarini tashkil etish kabi masalalarda murojaat qilishgan.






