AsosiyJamiyat

Toshkentda havo sharlari sotib yurgan 3-sinf o`quvchisining ota-onasi javobgarlikka tortildi

'Toshkentda havo sharlari sotib yurgan 3-sinf o`quvchisining ota-onasi javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Internet tarmog`ida tarqalgan xabarlardan birida muallif ko`chada havo sharlarini sotayotgan yosh bolaga e`tibor qaratib, ushbu holatdan xavotirda ekanligini bildirdi. Holatga Toshkent shahar IIBB e`tibor qaratdi. 

IIBBning axborot xizmati xabariga ko`ra, , mazkur fakt bo`yicha tekshiruv o`tkazildi.

Ma`lum bo`lishicha, 2021 yilning 20 noyabr kuni umumta`lim maktabi 3-sinf o`quvchisi 9 yoshli Sh.F. haqiqatdan ham Yunusobod tumani “Billur” mahallasida havo sharlarini sotish maqsadida yurgan. Shu holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari bolaning otasi – 34 yoshli N.F. bilan bog`lanishdi. Fuqaro bilan profilaktik suhbat o`tkazilib, so`ng unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 47-moddasi 1-qismi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar