AsosiyJamiyat

Yana bir andijonlik mansabdorning audiosi tarqaldi

'Yana bir andijonlik mansabdorning audiosi tarqaldi'ning rasmi

2021 yil 19 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tuman IIB boshlig`iga tegishli deb aytilayotgan audioyozuv tarqaldi.

Mazkur audioyozuvda aks etgan holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Natijasi bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi.

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev holatga quyidagicha munosabat bildirdi.

Afsuski, tizimda minglab halol, vijdonan mehnat qilayotgan xodimlar nomi ham ayrim "podani bulg`atuv"chilar sabab qora bo`lishda davom etmoqda.

Bordiyu, audioyozuv o`sha aytilayotgan shaxsga tegishli bo`lsa bu tizim ichida hamon fuqarolarni "samosud" qilish bilan shug`ullanib kelayotgan jinoyatchilar borligi va soha hali ham islohga muhtojligini anglatadi.

    Boshqa yangiliklar