AsosiyJamiyat

Bugun ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi — "O`zgidromet"

'Bugun ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi — "O`zgidromet"'ning rasmi

"O`zgidromet" 23 noyabrga ob-havo bashoratini berdi.

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° iliq bo`ladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 16-18° iliq bo`ladi.  

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik, tuman tushishi mumkin. Havo 7-12° iliqgacha isiydi.

    Boshqa yangiliklar