AsosiyJamiyat

«Bosh vazir kubogi» O`zbekiston Oliy sudiga nasib etdi

'«Bosh vazir kubogi» O`zbekiston Oliy sudiga nasib etdi'ning rasmi

Salkam bir hafta davom etgan «Bosh vazir kubogi» turniri nihoyasiga etdi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

Dastlab musobaqaning uchinchi o`rin uchun bahsi tashkil etildi. Unda «Agro Markaz» jamoasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi futbolchilarini 3:0 hisobida mag`lub etib, musobaqaning bronza medallarini qo`lga kiritishdi. Nihoyat, hal qiluvchi final o`yini. 

 «Bunyodkor» stadionida ikki jamoa saf tortdi – «Bosh vazir kubogi»ning ikki karra g`olibi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Moliya vazirligi jamoalari. 

Havaskor jamoalarga nisbatan professional klublarga mos tarzda kechgan o`yinda Oliy sudning tajribali futbolchilari raqiblarini yirik – 5:0 hisobida mag`lub etib, uchinchi bor turnirning bosh sovrini – «Bosh vazir Kubogi»ni qo`lga kiritishdi.

Musobaqaning yopilish hamda g`olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi ham tantanali ravishda tashkil etildi. O`zbekiston turizm va sport vaziri o`rinbosari Avazbek Karimov, Milliy Olimpiya qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Ravshan Ermatov, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi mas`ul xodimi Rashid Tolipov, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov, Moliya vazirligi vakili Ulug`bek Abduqahhorov avvaliga bir qator jamoalar vakillarini «Halol o`yin va faol ishtiroki uchun» nominasiyalarida rag`batlantiruvchi sovg`alar bilan mukofotladilar. 

So`ng bronza, kumush va oltin medallarni o`z egalariga topshirishdi, tadbirning kulminasion nuqtasi esa Oliy sud jamoasiga «Bosh vazir kubogi»ning taqdim etilishi bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar