Bu haqda AOKAda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot kotibi Mohruxsor Tog`aeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.
Qayd etilishicha, Agentlik tomonidan joriy yilning o`tgan davri mobaynida 19 mingdan ziyod o`rganishlar o`tkazilgan bo`lib, shundan 10 ming holatda turli kamchiliklar aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari ko`rildi. Xususan, o`tkazilgan o`rganishlar natijasiga ko`ra, 168ta holatda totalizator va bukmekerlik faoliyati reklama qilinganligi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan.
Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va AOKA hamkorligida amalga oshirilgan choralar tufayli 10dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish cheklab qo`yildi.






