AsosiyJamiyat

Chiroqchida "Nexia" avtomobili soyliqqa tushib ketdi

'Chiroqchida "Nexia" avtomobili soyliqqa tushib ketdi'ning rasmi

tarmoqda tarqalgan, Chiroqchi tumanida "Nexia" avtomobili pastlikka tushib ketganligi bo`yicha YHXBB quyidagi  ma`lumotlarni bermoqda. 

Joriy yilning 2 noyabr kuni soat 10:30 larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Halqaobod qishlog`i hududida haydovchi, 1999 yilda tug`ilgan D.B. "Nexia" rusumli avtomobilni boshqarayotib, extiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetiga chiqib ketib, pastlikka (soyliq) ag`darilib ketgan.

Hodisa natijasida avtomobilda bo`lgan yo`lovchi, 2002 yilda tug`ilgan J.S. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar