AsosiyJamiyat

Farg`onalik maktab o`qituvchisi Respublika ta`lim markazi direktori o`rinbosari lavozimiga tayinlandi

'Farg`onalik maktab o`qituvchisi Respublika ta`lim markazi direktori o`rinbosari lavozimiga tayinlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internati matematika fani o`qituvchisi Isroiljon Tillaboev Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika ta`lim markazi direktori o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

37 yoshli o`qituvchi 2006 yilda Qo`qon davlat pedagogika institutini tamomlagan, 17 yildan buyon matematika va informatika fanlaridan yosh avlodga dars berib keladi.

O`quvchilari bir necha yillardan buyon fan olimpiadasining tuman, viloyat va respublika bosqichlarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan o`qituvchi 2014 yilda "Xalq ta`limi a`lochisi" ko`krak nishoni bilan taqdirlangan.

Isroil Tillaboev yangilikka intiluvchi pedagog sifatida mental arifmetika dasturini birinchi marta o`zbek tilida o`quv qo`llanmalarini ishlab chiqqan va mental arifmetika bo`yicha ham o`z shogirdlari bilan juda katta yutuqqa erishgan.

Xususan, 2019 yil Moskva shahrida bo`lib o`tgan Astra IV xalqaro olimpiadada 5 nafar o`quvchi bilan ishtirok etib, undan 3 nafar o`quvchisi gran-pri, 1-2-o`rinlarni qo`lga kiritdi.

O`zining shaxsiy blogiga ega. 2018 yil 400 dan ziyod bloger va jurnalistlar qatnashgan O`zbekiston blogerlar chempionatida faxrli 3-o`rinni egallagan va xalq ta`limi tizimidagi eng yaxshi blogeri deb e`tirof etilgan.

    Boshqa yangiliklar