AsosiyJamiyat

“ECOBOZOR”da nogironligi bo`lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning savdo yarmarkasi o`tkaziladi

'“ECOBOZOR”da nogironligi bo`lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning savdo yarmarkasi o`tkaziladi'ning rasmi

6 noyabr kuni “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanidagi “ECOBOZOR” savdo majmuasida nogironligi bo`lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar III Respublika savdo yarmarkasi o`tkaziladi. 

 Yarmarka doirasida “ECOBOZOR”da maxsus savdo rastalari tashkil etiladi.  

 Unda o`z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug`ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo`lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.

 Yarmarka soat 17:00 gacha davom etadi.

Tadbir doirasida sayyor qabullar va taniqli san`atkorlar ishtirokida ko`ngilochar tadbirlar o`tkaziladi.  

    Boshqa yangiliklar