Serbiyada tashkil etilayotgan boks bo`yicha jahon chempionatining navbatdagi bahsida terma jamoamiz vakili Saidjamshid Jafarov yarim final yo`llanmasi uchun ringga ko`tarildi.
-75 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan ushbu bokschimizga tailandlik Viparon Jongjoxo raqiblik qildi.
Bir qarashda Saidjamshid aniq va kuchli zarbalari bilan ustunlik qilgandek ko`rindi, biroq yakunda hakamlarning qarori kutilmaganda tailandlik sportchining g`alabasini e`tirof etdi.
Afsuski, shuning bilan yana bir hamyurtimiz jahon chempionatini tark etmoqda.






