AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda 53 yoshli motosikl haydovchisining keskin harakati YTHga sabab bo`ldi. Natijada...

'Qoraqalpog`istonda 53 yoshli motosikl haydovchisining keskin harakati YTHga sabab bo`ldi. Natijada...'ning rasmi

1 noyabr kuni soat 18:00 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Amudaryo tumani hududidan o`tuvchi 4-R181 “Kipchok-Mang`it-Turkmaniston” avtomobil yo`lining 12-13 kilometrlari oralig`ida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda IIB YHXB ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, haydovchi, 1968 yilda tug`ilgan U.Yu. "Lifan" rusumli yuk tashuvchi motosiklda harakatlanayotib, keskin ortga burulishi natijasida orqasidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1956 yilda tug`ilgan K.B. boshqaruvidagi "Nexia" bilan to`qnashgan va buning oqibatida "Nexia" qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, haydovchi, 1963 yilda tug`ilgan F.M. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobili bilan to`qnashgan.

To`qnashuvlar natijasida, "Nexia" rusumli avtomobil yo`lovchisi 1960 yilda tug`ilgan A.R. og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida va uning 2017 yilda tug`ilgan nabirasi B.R. shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi K.B. va yana ikki nafar yo`lovchi og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar