AsosiyJamiyat

Rivojlangan davlatlarga Orolning qurigan hududida o`rmon yaratish taklif qilinmoqda

'Rivojlangan davlatlarga Orolning qurigan hududida o`rmon yaratish taklif qilinmoqda'ning rasmi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti dunyoning 50 ta rivojlangan davlatiga Orol dengizining qurib qolgan hududida noyob innovasion o`rmonlar tashkil etishni taklif qildi.

️G20 davlatlari rahbarlari 2030 yilgacha bo`lgan davrda birgalikda bir trillion daraxt ekish maqsadini e`lon qilishdi, bunda asosiy e`tibor sayyoramizning eng ko`p zararga uchragan ekotizimlariga e`tibor qaratilishi ma`lum bo`ldi.

Shu munosabat bilan Markaz eksperti Muhammadjon Bobojonov dunyoning 50 ta rivojlangan davlatining har biri uchun Orol dengizining Mo`ynoq tumani hududiga to`g`ri keluvchi qurib qolgan hududida 5 gektardan innovasion o`rmon yaratishni va ushbu o`rmonlarning har birini mazkur tashabbusni qo`llab-quvvatlagan davlatlar sharafiga nomlashni taklif qilmoqda.  

Istalgan inson uchun Orol dengizi mazkur qurib qolgan qismiga pullik asosda daraxt ekishni tashkil qilish va o`sha insonning nomini bu daraxtga ilib qo`yish taklif etiladi. 

    Boshqa yangiliklar