AsosiyJamiyat

Sinov tariqasida, ko`piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi

'Sinov tariqasida, ko`piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi'ning rasmi

“Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori (665-son, 02.11.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 dekabrdan 2022 yil 1 noyabrgacha, sinov tariqasida, ko`piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.

2022 yil 1 sentyabrgacha yoki 2022 yil 1 sentyabrdan keyin boshqa turdagi tamaki mahsulotlari (filtrli va filtrsiz sigaretalardan boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kun mobaynida markirovkalash axborot tizimida ro`yxatdan  o`tadi.

2022 yil 1 oktyabrdan iste`mol va guruhlangan qadoqlarga raqamli identifikasiyalash vositalari tushiriladi, shuningdek, boshqa turdagi tamaki mahsulotlarini agregasiyalash ta`minlanadi.

2023 yil 1 martdan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi bo`yicha barcha harakatlar to`g`risidagi ma`lumotlar markirovkalash axborot tizimiga kiritiladi.

️2022 yil 1 oktyabrdan O`zbekistonda raqamli identifikasiyalash vositalarini tushirmasdan hamda raqamli identifikasiyalash vositalari bilan markirovkalash to`g`risidagi ma`lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga yubormasdan ishlab chiqarish taqiqlanadi.

2022 yil 1 oktyabrdan keyin ishlab chiqarilganda (olib kirilganda) ularning chakana savdosiga faqat markirovkalash axborot tizimiga ma`lumotlarni kiritish sharti bilan ruxsat etiladi.

 2022 yil 1 oktyabrgacha ishlab chiqarilganda (olib kirilganda) ularning chakana savdosiga 2023 yil 1 oktyabrgacha ruxsat etiladi.

    Boshqa yangiliklar