Aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to`lash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori bilan fuqarolarga subsidiya ajratish boshlangan edi.
my.gov.uz ning ma`lum qilishicha, Toshkent shahri uchun tasdiqlangan manzilli dasturga asosan belgilangan subsidiya to`lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo`yicha shahar komissiyasining ijobiy xulosalari berildi.
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to`lash tartibi to`g`risidagi Nizomning 45-bandiga asosan, subsidiya to`lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo`yicha komissiyalarning taqdimnomasiga ko`ra, subsidiya uchun arizalarni qabul qilish to`xtatildi.






