AsosiyJamiyat

Toshkentda giyohvand modda olib yurgan shaxslar aniqlanishi davom etmoqda

'Toshkentda giyohvand modda olib yurgan shaxslar aniqlanishi davom etmoqda'ning rasmi

 2021 yil 1 noyabr kuni soat 20:00 larda Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari I.Djumaboev, Sh.Xolnazarovlar tomonidan, Toshkent viloyati hududidan poytaxtga kirib kelayotgan "Spark" rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganida, yo`lovchi, 1995 yilda tug`ilgan B.I. turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg`otgan

Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida fuqaro B.I.ning cho`ntagidan sellofan paketga hamda 2 dona "1000" so`mlik pul kupyurasiga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro B.I. va aniqlangan moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021 yil 2 noyabr kuni soat 02:00 larda, yuqorida ko`rsatilgan YPX xodimlari tomonidan haydovchi, 1989 yilda tug`ilgan N.R. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobil to`xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida, avtomobil o`rindiqlari orasidagi “Bar”ning tagidan, gugurt qutisiga solingan, shuningdek "1000" so`mlik pul kupyurasiga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro N.R. va aniqlangan moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar