AsosiyJamiyat

Jizzaxda buloq ko`zini yopib o`ziniki qilib olgan fuqaro jarimaga tortildi

'Jizzaxda buloq ko`zini yopib o`ziniki qilib olgan fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

Jizzax viloyati Forish tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari A.Rizaev va F.Mustafoev tomonidan "Uchma"  MFY hududidagi Abdukarim qishlog`ida o`tkazilgan  reyd tadbirida   fuqaro A.Tishlikov tomonidan tabiiy suv ob`ektini noqonuniy ravishda egallab olganlik, ya`ni tabiiy ravishda hosil bo`lgan buloq ko`zini qo`lbola usul bilan yopib, suv nasosi o`rnatib olganlik holati aniqlangan.   

Davlat Ekologiya qo`mitasining ma`lum qilgan ushbu xabarga ko`ra, ushbu fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 74-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdoring uch baravari, ya`ni  810 000 su‌m jarima qo`yilgan.

 

    Boshqa yangiliklar