O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Rossiya Qurilish vazirligi kelishuviga asosan qurilish sohasida O`zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga jalb qilish bo`yicha pilot loyiha doirasida 10 ming yurtdoshimizni yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartibda ishga yuborish belgilangan.
Bugun, 2 noyabr kuni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun Rossiya Federasiyasining «StroyKraft» va «Reneyssans Xevi Indastris» kompaniyalaridagi ventilyasiya tizimini o`rnatish, chilangar, elektr payvandchi, elektrik, bezakchi, yordamchi ishchi va santexnik kabi yo`nalishlarda bo`sh ish o`rinlari bo`yicha tanlov o`tkazilmoqda.
Qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga jalb qilish bo`yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda xorijga chiqish pasportigi ega nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko`ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olinmoqda.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tib, tibbiy ko`rik natijalari ijobiy chiqqan fuqarolar ushbu davlatga ishlash uchun jo`natiladi.
Shuningdek, Rossiyaning boshqa korxonalari uchun ham tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.






