Shu yilning 1 noyabr kuni Toshkent shahar IIBBga murojaat kelib tushgan. Unga ko`ra, fuqaro K.M.ga tegishli bo`lgan "Nexia-3" rusumli avtomobil Chilonzor tumani 2 daha, 13 uy oldidan olib qochilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati miqyosida qidiruv ishlari amalga oshirildi. O`sha kunning o`zidayoq Toshkent viloyati, Parkent tumanida xizmat olib borayotgan YHXB qidiruv va surishtiruv inspektori serjant J.Ashrapov katta tezlikda kelayotgan avtomobilga to`xtash ishorasi berganiga qaramasdan, haydovchi harakatni davom ettirgan.
Natijada, avtomobil majburiy ravishda to`xtatilgan.
Dastlabki tergovoldi surishtiruvga ko`ra, bu jinoyat 1996 yilda tug`ilgan Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida yashovchi T.B tomonidan sodir etilgani ma`lum bo`ldi. Ushbu fuqaro qo`lga olinib, Toshkent shahar IIBB xodimlariga topshirildi.






