Urgutda ayol va uning ikki nafar voyaga etmagan farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Ma`lum qilishicha, 29 oktyabr kuni soat 12:30 larda Urgut tumani «Chumchuqli» mahallasida yashovchi 38 yoshli N.O. hamda uning 11, 9 va 5 yoshli farzandlari qarindoshlari tomonidan uyidan qo`lbola usulda yasalgan pechkadan sizib chiqqan is gazidan zaharlangan holda topilgan.
Zaharlanish oqibatida N.O. va uning farzandlari 11 va 5 yoshli o`g`il-qiz farzandi hodisa joyida vafot etgan. 9 yoshli o`g`li esa shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan 29 oktyabr kuning tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






