AsosiyJinoyat

Yangihayot va Sirdaryo tumanlarida elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga katta miqdorda zarar etkazish holatlari aniqlandi

'Yangihayot va Sirdaryo tumanlarida elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga katta miqdorda zarar etkazish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda,  “Suvsozabonentxizmati” UK mas`ul shaxslari elektr ta`minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan tumandagi ko`p qavatli turar-joy majmuasiga ichimlik suvi etkazib beruvchi stansiyaga quvvati 22 kVt bo`lgan 6 dona suv nasoslarini noqonuniy ulab elektr energiyasidan foydalanilganligi natijasida hududiy elektr ta`minoti korxonasi manfaatlariga 804,1 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Sirdaryo tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Sirdaryo nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli nasos stansiyasida  umumiy quvvati 220 kVt bo`lgan suv nasoslaridan foydalanishda elektr hisoblagich plombasiga qasddan shikast etkazilib elektr energiyasidan foydalanib kelganligi oqibatida hududiy elektr ta`minoti korxonasi manfaatlariga 247,1 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar