AsosiyJamiyat

Respublika markazlarida qilinadigan operasiyalar turi 350 taga etgan

'Respublika markazlarida qilinadigan operasiyalar turi 350 taga etgan'ning rasmi

Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.  

Unda deputatlar “Inson a`zolari va to`qimalarining transplantasiyasi to`g`risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o`qishda moddama-modda ko`rib chiqishmoqda.

Majlisda ta`kidlanishicha, O`zbekistonda inson salomatligini mustahkamlash, aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilash, sohani isloh qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tufayli bugun sohada ko`plab ijobiy o`zgarishlarga erishilyapti. Xususan, respublika markazlarida qilinadigan operasiyalar turi 350 taga, viloyat markazlarida 130, tuman shifoxonalarida 60 taga etgan, 32 ta shifoxonada endovaskulyar xirurgiya bo`limlari tashkil etilgan. 

    Boshqa yangiliklar