Bugun respublikaning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va nisbatan iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kunning o`rtasiga kelib, havo 15-17° gacha isiydi. Shuningdek, qulay ob-havo mamlakatimiz aholisini hafta o`rtasigacha quvontiradi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.
Xabarga ko`ra, payshanba kuni O`zbekiston bo`yicha ob-havo keskin o`zgaradi. Mamlakatimizga Ural hududlaridan sovuq va biroz nam antisiklon kirib keladi. 4 noyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Tog`li hududlarda yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. Respublika shimolida yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni 4 noyabrda havo harorati 3-8° iliqqacha pasayadi, bu oy boshi uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlardan 12-15° ga past bo`ladi.
Front kirib kelishida, ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
5 noyabrda sovuq antisiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yog`ingarchilik faqat ayrim tog`li hududlarda saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 3-5° sovuqgacha, shimolda 7-10° sovuqgacha pasayadi, kunduz kuni harorat 3-8° iliqdan oshmaydi.






