Kecha, 28 oktyabr kuni soat 01:45 larda, Yunusobod tumanida joylashgan “Uch Qahramon” YPX maskanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari giyohvand moddalar bilan bog`liq holatni aniqlashgan.
U.Sodiqov, A.Usmonov va X.Xalilovlar tomonidan Toshkent viloyati hududidan poytaxtga kirib kelayotgan "Nexia" rusumli avtomobil to`xtatilib holis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar davomida ushbu avtomobil yo`lovchisi, 1996 yilda tug`ilgan X.M.ning cho`ntagidan 4 dona “Regapen” nomli psixotrop dori tabletkalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro X.M. va aniqlangan moddalar Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.
- 2021 yil 27 oktyabr kuni soat 15:30 larda, Yunusobod tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari O.Akobirov va F.Axrolovlar tomonidan, Amir Temur ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil to`xtatilib, haydovchi, 1979 yilda tug`ilgan N.J.ning ma`lumotlari planshet yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro N.J. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan ayblanib, 2021 yil 5 aprel kunidan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro N.J. Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.






