AsosiySiyosat

Xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoevni prezidentlik saylovidagi g`alabasi bilan tabriklamoqda

'Xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoevni prezidentlik saylovidagi g`alabasi bilan tabriklamoqda'ning rasmi

Xorijiy mamlakatlar etakchilaridan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga uning joriy yil 24 oktyabr kuni bo`lib o`tgan saylovda davlat rahbari lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan qutlovlar kelmoqda. Ularda O`zbekiston Prezidentiga yangi zafarlar, O`zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirilgan. 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylanganingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

Ushbu g`alaba Sizning ichki va iqtisodiy siyosatdagi islohotlaringiz natijasidir. Bu Sizning milliy davlatchilikni mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish borasidagi tashabbuslaringiz hamda milliy manfaatlarni mintaqaviy va xalqaro maydonda ilgari surish bo`yicha pozisiyangiz O`zbekiston fuqarolari tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgani ifodasi hamdir.

Mamlakatingiz Sizning rahbarligingiz ostida bundan buyon ham jadal rivojlanishi va ravnaq topishini tilayman.

Qozog`iston va O`zbekiston ko`p asrlik o`zaro hurmat va yaxshi qo`shnichilik an`analariga asoslangan har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlab borishiga va xalqlarimiz farovonligi yo`lida izchil taraqqiy etishiga ishonaman.

O`zaro hurmat va anglashuvga asoslangan do`stligimizni yuksak qadrlayman. Kelajakda xalqlarimiz farovonligi yo`lida yana bir bor uchrashishimizga umid qilaman.

Fursatdan foydalanib, hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog`lik va bitmas-tuganmas kuch-g`ayrat, oilangizga baxt-saodat, birodar O`zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilayman!

Samimiy tilaklar ila

Nursulton Nazarboev,

Qozog`iston Respublikasining
Birinchi Prezidenti - Elboshi

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

O`zbekiston Respublikasida o`tgan Prezident saylovidagi g`alabangiz munosabati bilan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz.

Ovoz berish natijalari Sizning mamlakat ravniqini ta`minlash, uning xalqaro maydondagi nufuzini izchil oshirish va birodar o`zbek xalqining farovonligini yuksaltirishga qaratilgan oqilona siyosatingiz umumxalq miqyosida qo`llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.

Ishonchim komil, Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik, do`stlik va o`zaro anglashuv tamoyillariga asoslangan do`stona va iliq munosabatlar bundan buyon ham xalqlarimizning yorqin kelajagi yo`lida jadal rivojlanishda davom etadi.

Ushbu yoqimli fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog`lik, baxt-saodat, davlat rahbari lavozimidagi mas`uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, birodar O`zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilayman.

Chuqur hurmat bilan

Gurbanguli Berdimuhamedov,

Turkmaniston Prezidenti

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Sizni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga katta ishonch bilan qayta saylanganingiz bilan dildan qutlayman.

Umummilliy ovoz berish natijalariga ko`ra erishilgan dadil g`alabangiz Sizning Yangi O`zbekistonni – ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ulkan yutuqlarga erishgan, sosial-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanayotgan, xalqaro maydonda yuksak obro`-e`tiborga sazovor mamlakatni barpo etish g`oyasini ro`yobga chiqarishga qaratilgan strategik sa`y-harakatlaringiz umumxalq miqyosda qo`llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.

Qozog`istonda Sizni birodar xalqlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish, do`stlik va yaxshi qo`shnichilikni mustahkamlashning qat`iy tarafdori sifatida bilishadi va hurmat qilishadi.

Ishonchim komil, birgalikdagi sa`y-harakatlar bilan ikki tomonlama strategik sherikligimizni mamlakatlarimiz va butun Markaziy Osiyo manfaatlari yo`lida yanada yuksak darajaga olib chiqishga qodirmiz.

Kun tartibidagi barcha dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun Sizni yaqin vaqtda Qozog`iston Respublikasiga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etaman.

Fursatdan foydalanib, hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga Vatan va xalq xizmatidagi fidokorona faoliyatingizga yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat ila

Qasim-Jomart Toqaev,

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Qadrli Shavkat Miromonovich!

O`zbekiston Respublikasi Prezidentidek yuksak lavozimga qayta saylanganingiz munosabati bilan Sizga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yo`llash menga katta mamnuniyat bag`ishlaydi.

Sizga mustahkam sog`lik, farovonlik, do`st O`zbekistonning barqaror taraqqiyoti yo`lidagi faoliyatingiz yanada sermahsul bo`lishini, birodar o`zbek xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik va ravnaq tilayman.

Prezident saylovidagi ishonchli g`alabangiz Sizning mamlakatni izchil rivojlantirish va xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan siyosatingiz butun xalq tomonidan qo`llab-quvvatlayotganining yana bir yorqin tasdig`i bo`ldi.

Mamlakatga rahbarligingizning navbatdagi davrida birodar O`zbekiston bu yo`lda yangi cho`qqilarni zabt etishiga ishonaman.

Sizning Tojikiston va O`zbekiston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik shaklidagi konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi izchil intilishingizni yuksak baholayman.

Birgalikdagi sa`y-harakatlar bilan Tojikiston bilan O`zbekistonning samarali davlatlararo hamkorligini bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi va butun mintaqa manfaatlari yo`lida ilgari suramiz.

Fursatdan foydalanib, mamlakatlarimiz munosabatlarini yangi amaliy mazmun bilan boyitishga birgalikda harakat qilishga tayyor ekanimni bildiraman.

Hurmat bilan

Emomali Rahmon,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti

 

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Qirg`iz Respublikasining xalqi nomidan va shaxsan o`z nomimdan Sizni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Saylov natijalari O`zbekistonning ko`pmillatli xalqi Sizga yuksak ishonch bilan qarayotganini yana bir bor yaqqol ko`rsatdi.

Sizning oqilona va uzoqni ko`ra biladigan rahbarligingiz ostida O`zbekiston davlatchilikni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga qat`iy ishonaman.

Mamlakatimizda Sizning Qirg`iziston-O`zbekiston munosabatlarini rivojlantirish hamda Markaziy Osiyo xalqlarining ravnaqi yo`lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qo`shayotgan katta hissangizni yuksak qadrlashadi.

Biz bundan buyon ham siyosiy muloqotni faollashtirishga, ko`p asrlik do`stlik va yaxshi qo`shnichilik an`analariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va mustahkamlash ustida birgalikda ishlashga tayyormiz.

Ushbu yoqimli imkoniyatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog`lik, mas`uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatingizga yangi muvaffaqiyatlar, birodar O`zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan

Sadir Japarov,

Qirg`iz Respublikasi Prezidenti

 

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylanganingiz bilan Sizni dildan qutlayman.

Saylovdagi ishonchli g`alabangiz – Sizning mamlakat farovonligi yo`lidagi siyosatingiz birodar o`zbek xalqi tomonidan qo`llab-quvvatlayotgani, haqiqiy etakchi sifatida Sizga katta ishonch va hurmat bilan qarayotganining yorqin ifodasi.

Ozarbayjon va O`zbekistonni xalqlarimizning mushtarak ma`naviy qadriyatlariga asoslangan do`stlik va birodarlik munosabatlari chambarchas bog`lab turadi. Aloqalarimizning bugungi darajasi, ushbu mustahkam poydevorga qurilgan o`zaro manfaatli hamkorligimiz kundan-kunga kengayib borayotgani katta mamnuniyat bag`ishlaydi.

Boy milliy-ma`naviy qadriyatlarimizdan kuch olayotgan Ozarbayjon-O`zbekiston do`stligi va strategik sherikligi birodar xalqlarimiz irodasiga muvofiq bundan buyon ham yuqorilab, mustahkamlanib borishiga ishonaman.

Hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog`lik, baxt-saodat, birodar O`zbekiston Respublikasining farovonligi va ravnaqi yo`lida oliy davlat lavozimidagi faoliyatingizga yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan

Ilhom Aliev,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti

 

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Oliy davlat lavozimiga qayta saylanganingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

Ishonchli g`alabangiz yuksak obro`-e`tiboringiz, saylovchilarning sizga bo`lgan ishonchi baland ekanining yorqin va shubhasiz dalili bo`ldi. Xalq kuchli, mustaqil, zamonaviy davlat barpo etish borasida tanlangan yo`lga sodiq ekanini tasdiqladi.

Sizning tajribali rahbarligingizda O`zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishda, iqtisodiy salohiyati va xalqaro maydondagi o`rnini mustahkamlashda davom etadi.

Umid qilamanki, yaqin vaqtda ikkimiz shaxsan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning joriy va istiqbolli yo`nalishlarini muhokama qilib olamiz.

Ushbu yoqimli fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, sihat-salomatlik, bitmas-tuganmas kuch-g`ayrat hamda Vatan farovonligini ko`zlab mo`ljallangan rejalaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan

Aleksandr Lukashenko,

Belarus Respublikasi Prezidenti

 

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar