AsosiyJamiyat

“Bolalarga bering dunyoni” tanloviga start berilmoqda

'“Bolalarga bering dunyoni” tanloviga start berilmoqda'ning rasmi

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi 20 noyabr – Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostidaonlayn tanlovo`tkazmoqda. Bu haqda Inson huquqlari bo`yichaO`zbekiston RespublikasiMilliymarkaziningmatbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tanlov quyidagi 2 ta yo`nalishda tashkil etiladi:

1. Bola huquqlariga oid eng ta`sirli tayyorlangan videorolik. Bunday videorolik vizual va ovozli effektlar, jonli yoki animasion tasvirlar asosida yaratilgan bo`lishi hamda bolalarning huquq va manfaatlarini ifoda etishga, ularni hurmat qilishga, tegishli huquqlarni himoya qilishga targ`ib etishi zarur.

2. Bola huquqlariga oid eng ma`noli chizilgan rasm. Bunda rasmlar rassomchilik uslublari va qoidalari asosida chizilgan bo`lishi hamda bolalarning huquq va manfaatlarini ifoda etishga, ularni hurmat qilishga, tegishli huquqlarni himoya qilishga targ`ib etishi zarur.

Tanlovda ishtirok etish uchun materiallar joriy yilning 25 oktyabr kunidan boshlab, 15 noyabr kuniga qadar material muallifining  F.I.Sh., hududi, tumani, maktabi, sinfi va telefon raqamini ko`rsatgan holda @tmnn0 telegram manziliga yuborilishi zarur.

Tanlov bo`yicha tasdiqlangan nizom bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin. https://telegra.ph/Online-tanlovni-tashkil-etish-tartibi-togrisidagi-NIZOM-10-21-2

Yurtimizning 6 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan barcha o`quvchi-yoshlari ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin. 

Har bir yo`nalish bo`yicha g`olib deb topilgan ishtirokchilar tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, har bir hududdan bir nafardan eng faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar. 

Tanlov shartlariga muvofiq yuborilgan ijodiy ishlar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Inson huquqlari bo`yicha Milliy markazning rasmiy YouTube, Facebook va Instagram sahifalarida yoritib boriladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar