Portugaliyalik murabbiy agar O`zbekistonda futbol sistemasi o`zgarmasa hech qachon jahon chempionatiga yo`l ochilmasligini aytdi. U bir yildan buyon O`zbekistonda yurganini, ammo bu sportga bo`lgan e`tibordan ko`ngli to`lmaganini bildirib, bor haqiqatni oshkor qilishga majbur bo`ldi.
"Hozir olib borilayotgan sistema o`zbek futboliga yakun yasab beradi. O`zbekiston UEFA ga a`zo bo`lsagina yaxshi natijaga erishadi. Futbolchilarning bir-biriga mehri osha boshlaydi. Mana 1 yildan beri O`zbekistonda yuribman. Nasib bo`lsa 1 oydan so`ng o`yimga qaytaman, ammo ketadigan bo`lsam, aniq xafa bo`lib ketaman.
Xafa bo`ladigan tomonim sizda yaxshi, iqtidorli sportchilar bor. Biroq chempionat, murabbiy, akademiyalar ko`paymasa, UEFA ga a`zo bo`lmasangiz, O`zbekiston hech qachon JChga chiqa olmaydi",–deydi u.
Shuningdek murabbiy o`zbek insonlari unga manzur kelganini, ammo bu sistema o`zbek futbolini cho`ktirishini aytib o`tdi.






