AsosiyDunyo

Afg`onistonlik qirg`izlar Qirg`izistonga olib kelinadi — Sadir Japarov

'Afg`onistonlik qirg`izlar Qirg`izistonga olib kelinadi — Sadir Japarov'ning rasmi

Rasmiy Afg`onistonda yashaydigan etnik qirg`izlarni Qirg`izistonga olib kelmoqchi. Bu haqda Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov ma`lum qildi.

“Ma`lum vaqtdan so`ng biz barcha qirg`izlarni ko`chirib kelamiz”, – degan Japarov. Uning so`zlariga ko`ra, ular uchun mamlakat hududida alohida uy-joy quriladi. “Tez orada bunday uylar yasaydigan korxona ishga tushadi va biz Afg`onistondagi barcha qirg`izlarni olib kelamiz”, – deb aytgan Qirg`iziston etakchisi.

Turli ma`lumotlarga ko`ra, hozirda Afg`onistonda 3-4 ming atrofida etnik qirg`izlar istiqomat qiladi. Ular asosan Katta va Kichik Pomir hududida yashaydi. Bishkek sentyabrda ular uchun gumanitar yordam yuborgan.

    Boshqa yangiliklar