AsosiyJamiyat

Kecha O`zbekistonda 370dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

'Kecha O`zbekistonda 370dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Kecha yurtimizda 370 nafardan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 13 ta hududda 320 nafardan ziyod bemor kasallikdan to`liq sog`aydi.

2021 yil 22 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 183191 (+372) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  

13 nafari Andijon viloyatida,

8 nafari Buxoro viloyatida,

11 nafari Jizzax viloyatida,

3 nafari Qashqadaryo viloyatida,

3 nafari Navoiy viloyatida,

19 nafari Namangan viloyatida,

39 nafari Samarqand viloyatida,

9 nafari Sirdaryo viloyatida,

5 nafari Surxondaryo viloyatida,

23 nafari Farg`ona viloyatida,

22 nafari Xorazm viloyatida,

81 nafari Toshkent viloyatida,

132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar,

Andijon viloyatida 10 nafar,

Buxoro viloyatida 8 nafar,

Jizzax viloyatida 13 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,

Navoiy viloyati 4 nafar,

Namangan viloyati 5 nafar,

Samarqand viloyatida 40 nafar,

Surxondaryo viloyatida 5 nafar,

Farg`ona viloyatida 23 nafar,

Xorazm viloyatida 22 nafar,

Toshkent viloyatida 75 nafar,

Toshkent shahrida 110 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 179019 (+324) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1302 nafarni tashkil qildi.

    Boshqa yangiliklar